Rossiya tez orada Eronga qiruvçi samolyotlar eskadrilyasini yetkazib beradi. Bu haqda Isroilning i24news telekanali 24 dekabr, şanba kuni Moskva va Tehron örtasidagi harbiy kelişuvlarni kuzatayotgan Ğarb razvedka manbalariga tayanib xabar berdi.

Bu, katta ehtimol bilan, 24 ta Su-35 qiruvçisi bölib, ular dastlab Misr uçun bekor qilingan kelişuv doirasida möljallangan edi, deb xabar beradi telekanal. Razvedka ma’lumotlariga köra, eronlik uçuvçilar allaqaçon uşbu samolyotlarda maşğulotlar ötkazmoqda. Bundan taşqari, Tehron Moskvadan havo hujumidan mudofaa tizimlarini oladi.

Eron, öz navbatida, Rossiyaga yetkazib berilgan 1700 ta dronga qöşimça ravişda yana 300 dona Shahed-136 kamikadze uçoqlari partiyasini yuboradi. Avvalroq Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boşqarmasi boşliği Kirill Budanov Rossiya tomonidan qabul qilingan Eronning 1700 ta uçuvçisiz uçoqlaridan Rossiya allaqaçon Ukraina hududiga 540 tasini uçirganini ma’lum qilgandi.

Moskva Ukrainaga zarba beriş uçun Eron qurolidan foydalanganini rad etadi. Tehron Rossiyaga uçuvçisiz uçoqlar yuborganini tan oldi, lekin bu Ukrainaga bostirib kirişdan oldin hamda kiçik partiyada bölganini bildirdi.

Bu manbalar Isroilning «Mossad» razvedkasi direktori David Barneaning ma’lumotlarini tasdiqlaydi, deb yozadi i24news. Avvalroq u Eron Rossiyaga zamonaviy qurollar yetkazib berişni kengaytirişni rejalaştirayotganini aytgandi. Barnea, şuningdek, «Eronning uran boyitiş dasturini kengaytiriş niyati va mintaqadagi döst musulmon davlatlarga bilan turli yöllar orqali ta’sirini oşiriş niyati» haqida ogohlantirdi.

Dekabr oyida Amerikaning NBC telekanali Oq uydagi manbalariga tayanib, Rossiya Tehronning Ukrainadagi uruş uçun qurol-yaroğ yetkazib berişi evaziga Eronga «misli körilmagan darajada» harbiy va texnik yordam berayotgani haqida xabar qilgan edi. Boşqa narsalar qatorida, NBC manbalari qiruvçi samolyotlarning Tehronga berilişi mumkinligi haqida gapirdi.

Birinçi marta Rossiyaning Su-35 samolyotlarini Misrga yetkazib beriş rejalaştirilgani 2019 yilda – jurnalist Ivan Safronovning «Kommersant»da çop etilgan «Su-35'lar Misr qudratini mustahkamlaydi» materialidan söng ma’lum böldi. Uşbu şartnoma 2 milliard dollarga baholangan. BBC rus xizmati xabariga köra, material Misr va Rossiya harbiylarining noroziligiga sabab bölgan va u çop etilgandan söng Safronov kuzatuv ostiga olingan.