Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, Rossiya kuçlarining imkoniyatlariga Britaniya Mudofaa vazirligi ta’riflagan öq-dorilar taqçilligi ham, sönggi haftalarda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining katta yöqotişlari ham ta’sir qilişi mumkin. 

Rossiyaning Baxmutga davom etayotgan va resurs talab qiladigan bosimi Rossiyaning Donbass harbiy harakatlar teatrida uzoq muddatli maqsadlarga erişiş qobiliyatiga putur yetkazişi mumkin, deydi tahlilçilar.

Ularning ta’kidlaşiça, bahor va yozda rus qöşinlari Severodonetsk va Lisiçanskni egallaş uçun katta resurs sarflagan. 

Keyinçalik Rossiya armiyasi uşbu şaharlar ustidan nazorat örnatişga muvaffaq böldi, ammo ularni qölga kiritiş böyiça taktik maqsadlarga erişiş pirovardida kattaroq operatsion maqsadga erişiş - E40 trassasi böylab Ukraina qöşinlarini örab oliş va oxir-oqibat Donetsk viloyati ğarbiy ma’muriy çegaralariga yetib boriş imkoniyatini yöq qildi, deb qöşimça qiladi ISW ekspertlari. 

Bundan oldin ISW Putin Lukaşenkoni Ukraina bilan uruşga qöşilişga köndira olmagani haqida xabar bergandi.

Minskdagi uçraşuvda Putin Belarus rahbarini bilvosita tuzatişga işontira olmay, Lukaşenkoning tezislarini qabul qilgandek tuyulgani bu bahoni tasdiqlaydi, dedi tahlilçilar.