RF prezidenti Vladimir Putinning fikriça, rossiyaliklarning aksar qismi öz mamlakati uçun «borini berişga» tayyor. Bu haqda u «Rossiya 1» telekanalining «Moskva. Kreml. Putin» dasturida boşlovçining Putinni bu uruş davomida nima hayratga solgani haqidagi savoliga javoban aytib ötdi.
«Kimdir özini haqiqiy vatanparvardek tutmaganining ajablanarli joyi yöq. Çunki har qanday jamiyatda avvalambor şaxsiy manfaatini, qandaydir şaxsiy rejalarini öylaydiganlar topiladi. Men, töğrisini aytaman, ularni ayblamayman. Har bir inson tanlov huquqiga ega.
Ammo vatan manfaati yölida borini qöyişga tayyor bölgan xalqimiz, odamlarimizning 99,9 foizi haqida gapirsak, bu örinda men uçun ğayrioddiy narsa yöq. Bu şunçaki meni Rossiya alohida mamlakat ekaniga yana bir bor işontirdi. Bizda alohida insonlar yaşaydi. Bu Rossiyaning butun tarixi davomida tasdiqlangan, bugun ham yana bir bor şunday bölmoqda», degan u.
U şuningdek Ukrainadagi uruşdan maqsad rus xalqini birlaştiriş ekanini aytdi. Uning sözlariga köra, Rossiya 2014 yildagi «davlat töntarişi»dan keyin Ukrainada yaşovçilarni «himoya qiliş»ga majbur bölgan. U bu uruş zamirida «geosiyosiy raqiblarning Rossiyani, tarixiy Rossiyani ajratib olişga qaratilgan siyosati» yotgani haqida gapirdi.
«Bölib taşla, hukmronlik qil. Ular har doim şunday qilişga harakat qilgan va hozir ham bunga intilmoqda. Bizning maqsadimiz esa boşqa narsa — rus xalqini birlaştiriş», deydi u.
- Dekabr oyi boşida 2022 yilda Vladimir Putinning 10 yil mobaynida, har yili dekabr oyida ötkazib kelingan katta matbuot anjumani ötkazilmasligi ma’lum bölgandi. Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi razvedkasi xabar berişiça, matbuot anjumanini unda Rossiyaning Ukrainaga bosqini böyiça «noqulay savollar» berilişi xavfi borligi tufayli bekor qilişgan. Şu haftada Kreml 2022 yilda Putin Federal kengaş qarşisida ham çiqiş qilmasligini ma’lum qildi.

















