Xitoy hukumati noyabr oyida Pekin, Guançjou va Içki Möğulistonda (Xitoy şimolidagi avtonom viloyat) töplangan 25 ta genetik namunani GISAID’ga (virus genomlarining global bazasi) berdi. Ularni örganib çiqqan olimlar virus odamdan odamga yuqqanda tabiiy ravişda sodir böladigan kiçik özgarişlarni payqaşdi.

GISAID boş direktori Piter Bogner sözlariga köra, «hozirça yangi ştamm borligi haqida heç qanday dalil yöq». Xitoy tomonidan taqdim etilgan namunalar «omikron» BF.7 va BA.5.2 ştammlari subvariantlariga juda öxşaş.

Avvalroq, Bloomberg dekabr oyida Xitoyda deyarli 250 million kişi (mamlakat aholisining qariyb 18 foizi) COVID-19 bilan kasallanganini xabar qilgan edi. Infeksiyaning köpayişi koronavirusga nisbatan «nol bardoşlik» siyosati bekor qilingani bilan boğliq bölişi mumkin.

25 dekabr kuni Xitoy Milliy soğliqni saqlaş komissiyasi koronavirus infeksiyasi haqidagi kundalik ma’lumotlarni naşr etişni töxtatdi, çunki u kasalliklar soni keskin oşgani haqidagi xabarlarning töğriligiga şubha tuğdirdi. Endi kovid haqidagi ma’lumotlar Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazi tomonidan «ma’lumot va tadqiqot uçun» e’lon qilib boriladi.