Biroq, u Rossiyadagi harbiy obektlarda sodir bölayotgan hamma narsani uruş oqibatlari va jarayonlar ustidan nazoratni yöqotiş deb atadi. 

«Sabotajlar, noma’lum portlaşlar, muhim obektlarda, jumladan Engels va Dyagilevodagi yonğinlar soni doimiy ravişda ösib bormoqda. Bu holatlar öylab topilmayapti. Ular Rossiya tomonidan nazorat qilinmaydi. Bu vertikal boşqaruvning yöqolganidan dalolat beradi», - deya Podolyak «24-kanal»ga bergan intervyusida 26 dekabrga ötar keçasi Rossiyaning Engels şahrida sodir bölgan portlaşlarga izoh berdi. 

Şuningdek, u Rossiya Federatsiyasi bugungi kunda texnologik davlat emasligini, sanksiyalar tufayli zarur ehtiyot qismlarni sotib oliş imkoniyatiga ega emasligini, xorijlik ekspertlar esa yordam berişdan boş tortişini qayd etdi.