«Baxmut, Kremennaya va Donbassdagi hozir maksimal kuç va konsentratsiyani talab qiladigan boşqa hududlar. U yerda vaziyat qiyin, azobli. Bosqinçilar özlarida mavjud bölgan barça resurslarni - katta resurslarni - olğa siljişning heç bölmaganda bir qismini siqib çiqariş uçun sarflamoqdalar», dedi Zelenskiy va Ukraina Qurolli kuçlari pozitsiyalarni uşlab turişga muvaffaq bölayotganini ta’kidladi. 

«Öz pozitsiyasida turgan, qat’iy turgan, nafaqat heç narsani yöqotib qöymaslik, balki okkupantlarni «minus» qiliş imkoniyatini topayotgan barça yigitlarimizga minnatdorçilik bildiraman», — deya qöşimça qildi prezident.

Bundan taşqari, Zelenskiy Ukrainaning turli mintaqalarida 9 millionga yaqin odam elektr energiyasisiz qolganini aytdi. «Ammo öçirişlar soni va davomiyligi asta-sekin kamayib bormoqda», — dedi prezident.