«Dok-1 MAKS» preparatining dozasini oşirib yuboriş natijasida 18 nafar jajji farzandimiz olamdan ötdi. Soğliqni saqlaş vazirligi va barça tibbiyot xodimlari nomidan ularning ota-onalariga hamdardlik bildiramiz», — dedi vazir.
«Uşbu ma’lumotni Samarqand viloyat soğliqni saqlaş mutasaddilari vazirlikdan yaşirgan. Bizga bu ma’lumot kelib tuşişi bilan öşa kuniyoq maxsus işçi guruh tuzilib, har bir holat huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan birgalikda joyida örganib çiqildi. Hozirgi kunda uşbu dori vositasini mamlakatimizda röyxatdan ötkazgan, uni olib kelgan va sotuvida iştirok etgan bir qança şaxslar huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan hibsga olindi. Uşbu holatga panja orasidan qaragan, öz vazifasiga loqaydlik qilgan, kerakli çoralarni körmagan tibbiyot xodimlari, mas’ul şaxslar öz lavozimidan ozod etildi», dedi Musayev.
Avvalroq, DXX «Dok-1 MAKS» dorisi bilan boğliq voqealar böyiça gumondor şaxslar hibsga olingani haqida xabar bergan edi.

















