Qayd qilinişiça, Hindistonning «Marion Biotech Pvt. Ltd» kompaniyasiga tegişli mazkur dori vositaci mamlakatimizga «Quramax Medical» MÇJ tomonidan savdoga çiqarilgan. 

Preparat uy şaroitida bolalarga şifokor retseptisiz şamollaşga qarşi vosita sifatida notöğri qöllanilgan. 

Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan ötkazilgan laboratoriya örganişlariga köra, bu siropning tarkibida mavjud bölgan «etilenglikol» moddasi bemor salomatligida jiddiy salbiy özgarişlarni keltirib çiqaradi. 

Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligining Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlaştiriş davlat markazi xulosasiga köra, «Dok-1 Maks» siropi me’yoriy hujjatda belgilangan talablarga javob bermaydi. 

Holat yuzasidan DXX Tergov boşqarmasi tomonidan «Quramax Medical» MÇJ hamda «Dori vositalarini standartlaştiriş ilmiy markazi» MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçilar DXX Tergov hibsxonasiga joylaştirildi.