Jahon | 12:24 / 28.12.2022
35232
2 daqiqa o‘qiladi

Egallab olingan Makiyivkada 8 kishilik oila otib tashlandi

Donetsk viloyatining egallab olingan Makiyivka shahrida 8 kishidan iborat oila, jumladan, to‘rt nafar bola otib o‘ldirildi, deya xabar bermoqda «Novosti Donbassa». 

Foto: Pixels

Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari maslahatchisi Anton Gerashchenko mahalliy OAVga tayanib, lo‘lilar oilasi halok bo‘lganini aytdi

«Ma’lum bo‘lishicha, 8 kishilik lo‘lilar oilasi vagnerchilar tomonidan otib tashlangan, ular halok bo‘lganlardan narkotik moddalar sotib olmoqchi bo‘lgan. Biroq, e’lon qilingan narx ular uchun juda yuqori bo‘lib tuyulgan, bu esa otib tashlashga olib kelgan. Shuningdek, ular etnik sabablarga ko‘ra nafrat tufayli shafqatsiz vagnerchilar tomonidan otib tashlangan bo‘lishi mumkinligi ham istisno etilmayapti», dedi Anton Gerashchenko.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar qotillikdan keyin Skoda avtomobilini o‘g‘irlab ketishgan. 

Okkupatsion ma’muriyat allaqachon o‘g‘rilikda gumon qilingan uch kishini qo‘lga olganini e’lon qilgan. Ular «avtomobil va qimmatbaho mol-mulkni o‘g‘irlash maqsadida jinoyat sodir etilgani»ni tan olishgan.

Mavzuga oid