Mantiqsiz özgariş 

Vazirlar Mahkamasining 806-sonli qaroriga kiritilgan özgartirişga köra, özini özi band qilgan şaxslar qonunçilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat-kassa texnikasi va bank plastik kartoçkalari orqali hisob-kitoblar böyiça tölov terminallaridan foydalanadi hamda tijorat banklarida hisob varaqlari oçişi mumkinligi belgilandi. 

Soliq qonunçiligiga köra, özini özi band qiluvçilar soliqdan töliq ozod qilingan. Mehnat staji uçun esa ixtiyoriy ravişda 1 yilda bir marta ijtimoiy soliq – 300 ming söm tölaş kifoya. Ammo bu toifa fuqarolar qança daromad oladigan bölsa ham, soliqqa tortilmasligi belgilab qöyilgan. Qonunçilik böyiça kassa apparat, tölov terminallarini tadbirkorlik sub’yektlariga qöllaş majburiy. 

Jazolaş metodlaridan birimi?

Kun.uz bilan suhbatda soliq maslahatçisi Murod Muhammadjonov bu haqda şunday degan edi. 

«Kassa apparatlarini qöllaşdan maqsad soliqdan qoçişning oldini oliş va soliq bazasini aniqlaş. Endi özini özi band qiluvçi soliq tölamaslik imtiyozi bölib turib, kassa apparatini qöllaşi kerak. Agar qöllamasa, unga 5 million söm jarima bor, qöllasa, har oy kassa apparatining 100 ming sömlik tölovini amalga oşirişi kerak. Bundan maqsad – jarimalar sistemasini yaratiş. Menda bunday faktlar bor: sartaroşga 5 mln söm jarima tölatişgan».

Soliq qömitasi raisi nima deydi?

Bu tartib borasida Kun.uz muxbirining savoliga DSQ raisi Şerzod Qudbiyev izoh berdi. Uning aytişiça, soliq organi xodimlari sartaroşning ustidan iste’molçilar «Soliq hamkor»ga çek bermagani haqida murojaat qoldirgani uçun tekşirişga borgan bölişi mumkin.  

 «Bu masala yangi emas. Özini özi band qilgan fuqarolarga onlayn nazorat kassa maşinasini örnatiş haqida Soliq qömitasining topşiriği, rejasi, talabi yoki maxsus yiğilişi qilinmagan. Yaqin örtada bunga vaqtimiz ham yetmaydi. Bunda sal mantiq bölmaydi – özini özi band qilganlar soliq tölamaydi, ularga kuç ketkazib aylanmasini olganimiz bilan ulardan soliq undira olmaymiz.

Joylardagi fuqarodan çek bermaslik holati yuzasidan murojaatlar qilingan bölişi mumkin. Soliq hamkorga murojaat bölsa, u örganişsiz qolmasligi kerak, çunki boşqa fuqaroning ham huquqi bor-da. Murojaatni soliq organi xodimlari borib örgangan bölişi mumkin», dedi u.