Şuningdek, davlat rahbari maktablarda fanlar va dars soatlari qayta körib çiqilişini aytdi.

“Murojaatnomada aytilganidek, har bir maktab bitiruvçisi ikkita tilni bilişi va bitta kasb örganişi kerak.

Hozir 22 ta fan bor maktablarda. Endi esa yoşlarga kreativ sohalarda dars berişimiz kerak. Fanlarni ham, dars soatlarini ham körib çiqişimiz kerak”.

Uçraşuv davomida sönggi 5 yilda xalq ta’limida amalga oşirilgan işlar ham qayd etildi.

“Sönggi 5 yilda mingta maktab qurdik, 7 mingta kompyuter sinflarini taşkil qildik.

Bu kabi işlarga 14 trillion mablağ berdik. Bu hozirgi şaroitimiz uçun katta mablağ. Lekin ta’lim uçun bersak arziydi. Bu bizning kelajagimiz”, – dedi davlat rahbari.