“Maktab qurib berişimiz şart, bu bizning vazifamiz. Lekin maktabning içidagi bilim, muhit, ma’naviyatni sizlar yaratib berasizlar. Bilasizmi, sizlar tarbiya qilgan farzand 10-15 yildan keyin öz natijasini körsatadi. Buning uçun qança sabr-toqat kerakligini men yaxşi tuşunaman. 10 yil maktab, 5 yil institutda öqigan öquvçingiz yetuk inson, mutaxassis bölib yetişsa, sizlar baxtli bölasizlar.

Men muallimlarimiz turmuş şaroitini yaxşilaş böyiça har qanday takliflarni örganişga tayyorman. Bir yönaliş – öqituvçilar uçun ipoteka şartlarini yengillaştiriş böyiça öylab körişimiz mumkin. Bu ham öziga xos yengillik. Çunki öqituvçining şaroiti yaxşi bölsa, jamiyatda kayfiyat özgaradi.

Lekin ta’limga jiddiy e’tibor berişimiz, har kuni öz ustimizda işlaşimiz şart. Mana bir misol – repetitor bir yilda bolalarimizga til örgatadi. Maktab esa 10 yil ham örgata olmasa, bu holat bizni öylantirişi kerak” – prezident sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.