Uning sözlariga köra, Turkiya rahbari bunday faxriy mukofotga nomzod bölişga «Rossiya va Ukraina örtasida tinçlik örnatişga qöşgan hissasi uçun» loyiq körilgan.
Şentöp Turkiyaning inqirozli masalalarda vositaçilik harakatlari butun dunyoda mamnuniyat bilan qabul qilinişini qayd etdi.
«Biz muzokara ötkazgan köplab mamlakatlarda Turkiya prezidenti nomzodini Nobel tinçlik mukofotiga körsatiş taşabbusi bildirildi. Şaxsan men Turkiya parlamenti deputati sifatida tegişli taşabbus bilan çiqdim. Şunga öxşaş bayonotlar hali Şarqda ham, Ğarbda ham aytiladi. Masala aniqlaşganidan söng ma’lumot almaşamiz. Hali yanvar oyining oxirigaça vaqt bor», dedi turkiyalik spiker.
Turkiya parlamenti raisi Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkelga YuNESKO tinçlik mukofoti berilganini ham esladi.
«Aslida Turkiya rahbari [Merkeldan] köproq iş qilgan. Şu bilan birga, 2022 yilning eng muhim mavzusi Rossiya Federatsiyasi va Ukraina örtasidagi uruş va uning oqibatlarini yumşatiş çoralari böldi. Bu yönalişda qadam taşlagan yagona davlat Turkiya va uning prezidentidir. Öylaymanki, uning işi xolis baholanişi kerak», — dedi u.

















