Şavkat Mirziyoyev yangi öquv darsliklari taqdimotida öqituvçilar bilan bölgan muloqotda paxta majburiy mehnati asoratlari haqida gapirdi.

Prezident öqituvçilar bilan uçraşuvda maktab öquvçilari va majburiy mehnat mavzusiga ham töxtalgan.

«Bu qarorni (maktab öquvçilarini majburiy mehnatga jalb etişni taqiqlaş) qabul qiliş oson bölgani yöq.

Bolalarimiz 7-sinfdan çiqardi paxtaga. Tasavvur qiling, yoş-yoş qizlarimiz 20-25 kilo yukni har kuni kötarişga majbur edi. Şu tufayli qança kasalliklar orttirib olinardi, ba’zi holatlarda uni davolaşga ham imkoniyat bölmasdi.

Vaholanki, ularning qançadan-qança orzulari bor edi, ular farzand körişi kerak edi. Endi u kunlarga qaytmaymiz», – degan u.