Ukrainaga qarşi 10 oylik uruşdan söng, Rossiya prezidenti Vladimir Putin öz hukmronligining 23 yilligini eng katta taşqi va içki izolyatsiyada kutib oldi. Bu haqda The Washington Post yozdi.
Naşrning qayd etişiça, Ukrainaga qilingan hujum Rossiya va Ğarb örtasida önlab yillar davomida qurilgan iqtisodiy aloqalarni yöq qilgan. Mamlakat xalqaro maydonda quvğunga aylandi, Putinning özi esa rus elitasidan ança uzoqlaşdi.
Naşrning Kremlga yaqin suhbatdoşlariga köra, bugun Putin «döstlaridan ayrilganini his qilmoqda». Rossiya elitasi ikkiga bölindi - kimdir uruşning tugaşini xohlaydi, boşqalari esa keskinlikni kuçaytiriş zarur deb hisoblaydi. Ammo har ikkalasi ham Rossiyaning uruşdagi hozirgi taktikasidan norozi.
«Bu şaxs (Putin) elita nazarida savollarga javob berişga qodir emasdek tuyulyapti. Elita nimaga işonişni bilmaydi va ertangi kun haqida öylaşdan qörqadi», - dedi Tatyana Stanovaya, Karnegi xalqaro tinçlik jamğarmasi ilmiy xodimi.
24 fevralda Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi bir vaqtning özida bir neça yönalişda amalga oşirildi. Tahlilçilarning fikriça, reja butun mamlakatni tezda va töliq egallaş edi.
Biroq, blitskrig muvaffaqiyatsizlikka uçragaç, rus qöşinlari Ukrainaning şimoli, şarqi va janubidagi bosib olingan hududlarning yarmidan çekinişga majbur bölişdi. Hozir Rossiya raketa zarbasi taktikasiga ötgan va Ukraina aholisini elektr, issiqlik va suvsiz qoldirişga urinmoqda.

















