Qozoğistondan siyosiy boşpana söragan Rossiya Federal qöriqlaş xizmati (FQX) mayori Mixail Jilinning rafiqasi 29 dekabr, payşanba kuni DW naşriga bergan intervyusida eri unga qönğiroq qilib, deportatsiya qilingani haqida xabar berganini aytdi.
Qisqa suhbat çoğida u Abay viloyatining ma’muriy markazi Semey şahrida ekanligini va uni Borodulixa tumaniga olib ketişayotganini aytdi. «Qozoğiston tomonida «Auil» nazorat-ötkaziş punkti, Rossiya tomonida Veseloyarsk bor. Men u allaqaçon topşirilganidan juda qörqaman», - deb öz xavotirlari bilan örtoqlaşdi Yekaterina Jilina DW'ga. Uning sözlariga köra, voqealarning bunday rivojlanişidan juda hayratda, çunki Yangi yil bayramlaridan keyin ularning oilasiga qoçqin maqomini berişni rad etiş böyiça murojaat hali körib çiqilişi kerak edi.
"Men Qozoğiston xalqaro inson huquqlari byurosi advokatlariga ham qönğiroq qildim. Ular menga TIV bilan boğlanganliklarini aytişdi. Lekin masalani hal qilişga ulguradimi, bilmayman. Semeydan çegaraga juda oz masofa bor", - dedi Yekaterina Jilina.
Ayni paytda Qozoğiston xalqaro inson huquqlari byurosi direktori, taniqli huquq himoyaçisi Yevgeniy Jovtisning DW naşriga aytişiça, FQX xodimi Jilinning deportatsiya qilinişi mumkinligi haqidagi xabarlardan söng darhol Boş prokuraturaga murojaat qilgan. «Ular menga Mixail Jilinning Rossiyaga ötkazilgani haqidagi ma’lumot soxta ekanligini va Jilin Qoçqinlar böyiça komissiya qarori ustidan şikoyat qiliş töğrisida qaror qabul qilinmagunça Qozoğistonda qolişini aytişdi», — dedi Yevgeniy Jovtis.
Yekaterina Jilina Qozoğistonning «Auil» nazorat-ötkaziş punkti navbatçisi bilan suhbati vaziyatga oydinlik kiritmaganini ta’kidlab, Boş prokuratura Qozoğiston Inson huquqlari böyiça xalqaro byurosi direktorini aldamaganiga umid qilmoqda.
Mixail Jilin FQXda 18 yil xizmat qildi. Safarbarlik e’lon qilinganidan beş kun ötib, u oilasi bilan Rossiyani tark etişga qaror qildi. Uning rafiqasi Yekaterina va farzandlari Qozoğiston çegarasini qonuniy yöl bilan kesib ötgan, Mixail esa öz davlatlari uni taşqariga çiqarmasliklaridan qörqib, noqonuniy ravişda kesib ötişga qaror qilgan.
Er-xotin Ostona yoki Olmaota şahriga borib, qoçqinlik maqomini rasmiylaştiriş uçun murojaat qilişni rejalaştirgan. Biroq Qozoğiston çegaraçilari Jilinni qölga olişdi. Rossiya ham, Qozoğiston ham uni davlat çegarasini noqonuniy kesib ötganlikda ayblagan. Rossiya tomoni dezertirlik ayblovlarini ham ilgari surdi.

















