29 dekabr kuni tongda Rossiya armiyasi yana bir bor Ukraina hududlarini yoppasiga öqqa tutdi. Mamlakatning butun hududi böylab havo trevogasi yangragan. Hujum arafasida Ukraina prezidenti ofisi maslahatçisi Aleksey Arestoviç barça bir neça tölqinda 100 ga yaqin raketa uçib kelişiga tayyorlanayotganini aytgandi. Keyinroq uning hamkasbi Mixaylo Podolyak Ukraina hududiga 120 raketa hujum qilganini aytib çiqdi. Otişmalar yakunlangaç esa Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabi raketalar soni 69 ta bölganini ma’lum qildi. Mikolayiv oblasti rahbari Vitaliy Kimning sözlariga köra, Ukraina hududiga raketalardan taşqari Eron dronlari ham hujum qilgan. Ukraina hududi bundan avval oxirgi bor 16 dekabr kuni yoppasiga öqqa tutilgandi.
Kiyev, Lviv, Xarkiv, Odessa va Ivano-Frankovsk oblastlarida vayrongarçiliklar kuzatilgan. Kiyev ma’muriyati ma’lumotiga köra, havo hujumidan mudofaa kuçlari urib tuşirgan raketa parçalari qulaşi oqibatida ikkita xususiy bino hamda ularning yonidagi avtomobil şikastlangan, uç kişi jarohatlangan (ular orasida 14 yoşli qiz ham bor). Şuningdek sanoat korxonasi va bolalar maydonçasi şikastlangan.
Lviv meri Andrey Sadovoyning ma’lum qilişiça, hujumlardan keyin şaharning 90 foiz qismi toksiz qolgan, içimlik suvi ta’minotida ham uzilişlar kuzatilişi mumkin. Xarkiv va Odessa oblastlarida kritik infratuzilma obektlariga zarbalar kelib tuşgan. Şuningdek, Odessa va Ivano-Frankovsk oblastlarida, Ukraina prezidenti ofisi rahbari örinbosari Kirill Timoşenkoning sözlariga köra, raketa qoldiqlari turar joy binolari ustiga tuşgan, talafot kölami aniqlaştirilmoqda.

Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina harbiylari hisob berişiça, uçirilgan 69 raketadan 54 tasini urib tuşirişga muvaffaq bölingan. Kiyev şahri meri va şahar ma’muriyati ma’lumotiga köra, şahar tomon uçirilgan 16 ta raketaning barçasi havo hujumidan mudofaa tizimlari orqali tutib qolingan. Şunga qaramay, otişmalardan keyin iste’molçilarning 40 foizi elektr ta’minotisiz qolgan. «Bu havo trevogalari çoğida energetiklar tomonidan qabul qilingan xavfsizlik çoralari», — deya izoh bergan Kiyev rahbari Vitaliy Kliçko.
Ukrainaning boşqa regionlarida ham havo hujumidan mudofaa tizimlari işlagan. Xususan, Mikolayiv oblastida beşta raketa, Odessa ustida — 21 ta raketa urib tuşirilgan, ammo uşbu oblastda energetika infratuzilmalariga zarba kelib tuşişi oqibatida elektr energiyasini favqulodda öçiriş çoralari körilgan. Ukraina temiryöllari xabar qilişiça, xuddi şu sabab tufayli bir qança oblastlarda poyezdlar qatnovi keçiktirilgan. Bir qança oblastlarda yöqotişlarni minimallaştiriş maqsadida oldindan elektr energiyasini öçiriş işlari amalga oşirilgan.



















