2022 yil oxirida «Gazprom» Rossiyadan xorijga 100,9 milliard kub metr gaz yetkazib beradi. Bu 185,1 milliard kub metr gaz eksport qilingan 2021 yilga nisbatan 45 foizga kam, şundan atigi 10,39 milliard kub metri «Sila Sibiri» quvuri orqali Xitoyga yetkazilgan.
Ta’minot darajasi SSSR parçalanganidan beri eng past körsatkiçni qayd etgan. Avvalgi antirekord 117,4 milliard kub metr bölib, 1995 yilda qayd etilgan. Hatto 1991 yilda gaz yetkazib beriş hajmi hozirgidan yuqori bölgan.
Biroq, Rossiya gaz sanoati suyultirilgan tabiiy gaz (STG) yetkazib beriş hajmining oşgani bilan xursand bölişi mumkin. Rasmiy ma’lumotlarga köra, 2022 yilning 11 oyi davomida Rossiyada STG işlab çiqariş 10 foizga ösdi va 29,7 million tonnani taşkil etdi. Biroq, «Gazprom» tomonidan tabiiy gaz qazib oliş hajmi deyarli 100 milliard kub metrga qisqardi - 2021 yildagi 514,8 milliarddan 412,6 milliardgaça.
2022 yil davomida Rossiyadan gaz eksporti muntazam ravişda pasayib bordi, Moskva va Bryussel esa sanksiyalar qarama-qarşiligini kuçaytirdi. Rossiya öz kontragentlarini gaz uçun hisob-kitobni rublda amalga oşirişga majbur qildi, şundan söng «Gazprom»ni mijozlar tark eta boşladi. Keyinçalik «Gazprom» sanksiyalarni Yevropa Ittifoqini şantaj qiliş vositasi sifatida işlatdi: kompaniya gaz turbinalarini ta’mirlaş bahonasida «Şimoliy oqim» orqali gaz yetkazib berişni muntazam ravişda qisqartirib bordi.
Tomonlar örtasida uzoq davom etgan qarama-qarşilik heç narsaga olib kelmadi va «Şimoliy oqim» bilan «Şimoliy oqim 2» gaz quvurlari portlatib yuborilganidan söng, nihoyat, masala barham topdi.
Ayni paytda Ukraina gaz quvurlarining faqat bitta tarmoği va Turkiyadagi «Turk oqimi» quvuri orqali Janubiy Yevropaga gaz yetkazib berilmoqda.
Yevropa Rossiya gazini AQŞ, Jazoir, Qatar, Norvegiya va hatto Avstraliyaniki bilan almaştirişga majbur böldi. Şuningdek, STG importini oşirdi.


















