Tahlilçilar hisob-kitoblariga köra, sönggi ikki kun içida Rossiya Qurolli kuçlari 39 ta, 18-19 dekabrga ötar keçasi 30 ta Shahed-131 va Shahed-136, 14 dekabrda esa 13 ta drondan foydalangan.
ISW'ning 10 dekabrdagi bahosiga köra, Rossiya Qurolli kuçlari tomonidan uçuvçisiz uçiş apparatlaridan foydalanilgan holda amalga oşirilgan hujumlar sonining köpayişi Rossiyada Eronda işlab çiqarilgan dronlar uç haftalik (17 noyabrdan 7 dekabrgaça) vaqtdan keyin köproq töplanib qolganligini körsatişi mumkin.
Rossiya Erondan dronlarning yangi partiyasini olgan yoki olişni rejalaştirayotgan bölişi ham ehtimoldan yiroq emasligi aytiladi.
Ayni paytda, Rossiyaning Ukrainaning muhim infratuzilmasiga hujum qiliş uçun dronlardan faol foydalanişi ham Rossiyada aniq boşqariladigan raketalar zaxirasi tugaganidan dalolat berişi mumkin, deyiladi institut bayonotida.


















