Qirğiziston Soliq xizmati mansabdor şaxslarning 2021 yil yakuni böyiça daromadlari töğrisidagi deklaratsiyalarini e’lon qilişni boşladi. Jumladan, mamlakat prezidenti Sadir Japarovning daromadlari va mol-mulkiga oid ma’lumotlar ham taqdim etildi.

Sadir Japarov 2021 yilda daromadi 997 803 qirğiz sömini (taxminan $11500) taşkil qilganini körsatgan. Bu prezidentning oylik daromadi 83,1 ming qirğiz sömiga (taxminan $930) teng bölganini anglatadi.

Hujjatga köra, unda qişloq xöjaligiga möljallangan 0,6 gektar yer uçastkasi va garaj bor.

Köçmas mulk yoki transport vositasi haqida ma’lumot berilmagan. Şuningdek, davlat rahbarining eng yaqin qarindoşlari daromadlari va mol-mulki haqida ham ma’lumot yöq.

Sadir Japarov 2020 yil uçun deklaratsiyada qarindoşlariga tegişli 50,7 kv.m. va 389 kv.m. maydonga ega ikkita uy, şuningdek, 17,2 kv.m. garaj borligini körsatgan edi. Qolaversa, ular «Umut bulagi» jamoat fondining ta’sisçilari bölgan.