Sobiq Rim papasi Benedikt XVI vafot etdi. Papa 95 yoşda edi. U 2005 yildan 2013 yilgaça apostollik taxtini egallab turgan, söng kutilmaganda taxtdan voz keçiş qarorini e’lon qilgan. 

Öz hayotining sönggi yillarida u Vatikan boğlaridagi Mater Ecclesiae kiçik monastirida yaşagan.

Benedikt XVI'ning papalik taxtidan voz keçişi Vatikanda bir neça asrlar davomida birinçi bölib sodir böldi - 1415 yilda Konstansdagi kengaş papa Grigoriy XII'ning iste’fosini qabul qilib, bir vaqtning özida antipapalar Benedikt XIII hamda Ioann XXIII'ni taxtdan ağdardi, ilgari taxtdan ixtiyoriy ravişda voz keçgan yagona papa esa Tselestin V bölgan, bu 1294 yilda yuz bergan.

Benedikt XVI (Yozef Ratsinger, Myunxenning sobiq arxiyepiskopi) bir neça asrlar içida asli kelib çiqişi Germaniyadan bölgan birinçi papaga aylangandi.

Benedikt XVI 1927 yil Germaniyada tuğilgan, Myunxen universiteti huzuridagi Ilohiyot institutini tugatgaç, 1951 yili ruhoniy rutbasini qabul qilgan. 1952—77 yillarda Germaniyadagi oliy öquv yurtlarida öqituvçi bölgan. 1977 yildan Myunxen va Frayzing arxiyepiskopi, şuningdek, kardinal. 

1981—2005 yillarda diniy ta’limotlar böyiça kongregatsiya (boşqaruv organi) prefekti, ayni vaqtda Vatikan kardinallari hay’ati dekani (2002—2005) bölgan. 2005 yil 19 aprelda Rim papasi va Rim katolik çerkovi boşliği etib saylangan hamda Benedikt XVI nomini olgan.