Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev özbekistonliklarni yangi yil bilan tabrikladi. Tabrik matni prezident rasmiy saytida e’lon qilindi.
Qadrli vatandoşlar! Siz, azizlarni, köpmillatli butun xalqimizni kirib kelayotgan yangi yil bilan çin qalbimdan samimiy tabriklayman. Barçangizga özimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.
2022 yilda maşaqqatli va jasoratli mehnatimiz bilan taraqqiyot yölida muhim marralarga erişdik. Inson qadrini uluğlaş, xalqimizni rozi qiliş borasida yangi qadamlar qöydik.
Dunyodagi ğoyat murakkab vaziyat, global inqirozga qaramasdan, Özbekiston iqtisodiyoti izçil rivojlanmoqda. Mirişkor dehqon va fermerlarimiz fidokorona mehnat qilib, möl hosil yetiştirdilar. Sanoat, quriliş, raqamli texnologiyalar, turizm sohalari jadal rivojlanmoqda. Şahar va qişloqlarimiz, butun yurtimiz har tomonlama obod bölmoqda.
Yangi iş örinlari taşkil etilib, aholi daromadlari va hayot darajasi oşmoqda. Yoşlarimiz xalqaro maydonlarda iste’dod va mahoratini namoyon etib, Vatanimizni dunyoga tanitmoqda.
Xalq ovozi bölgan mahallaning hayotimizdagi örni va ta’siri kuçaymoqda. Eng muhimi, yurtimizda tinçlik va barqarorlik, millatlar va dinlararo totuvlik hukm surmoqda. Özbekistonimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori yuksalmoqda.
Şu qutluğ ayyomda erişgan barça yutuqlarimizning bunyodkori bölgan siz, aziz yurtdoşlarimga, butun xalqimizga yana bir bor minnatdorçilik bildiraman.
Muhtaram döstlar! Mamlakatimizda 2023 yilga “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”, deb nom berdik.
Yangi yilda insonni qadrlaş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini ta’minlaşga qaratilgan işlarimizni yuqori bosqiçga kötaramiz.
Farzandlarimiz sifatli ta’lim va tarbiya olib, barkamol şaxs bölişlari uçun boşlagan işlarimizni izçil davom ettiramiz.
Muhtaram faxriylarimiz, aziz ayollarimiz, şuningdek, yordamga muhtoj insonlar uçun munosib şaroit yaratiş e’tiborimiz markazida böladi.
Ilm-fan, tibbiyot, madaniyat va san’at sohalari vakillarini, öqituvçi va murabbiylarni qöllab-quvvatlaşga ustuvor ahamiyat qaratamiz.
















