Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ötkazilgan tantanali marosimda sözlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari nutqi matni prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi:

Assalomu alaykum, qadrli opa-singillar, dilbar qizlarim!

Avvalo, siz, azizlarni, köpmillatli butun yurtimiz ayollarini 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Mutafakkir bobomiz Alişer Navoiy buyuk ona siymosi, mötabar ayol zotini uluğlab, ularning baxt-saodati yölida barçamizni fidokor bölişga da’vat etgani albatta bejiz emas.

Çindan ham, mehr-oqibat, olijanoblik, muhabbat va sadoqat kabi yuksak insoniy qadriyatlarni kamol toptirişda, oila qörğonini mustahkamlaşda sizlarning xizmatingizni heç narsa bilan qiyoslab bölmaydi.

Bugungi qutluğ bayramning fayzli Ramazon oyida bölib ötayotgani uning ezgu ruhi va mazmunini yanada oşirmoqda.

Muqaddas dinimiz ham muhtarama onalarimiz, dilbar opa-singillarimiz, munis qizlarimizga hamişa yaxşilik qilişga, ularning izzat-hurmatini joyiga qöyişga buyuradi.

Mana şunday quvonçli ayyomlar barçangizga muborak bölsin!

Hurmatli anjuman iştirokçilari!

Sönggi yillarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini töliq ta’minlaş, ularning qadr-qimmatini uluğlaş Yangi Özbekistonning davlat siyosatida yetakçi öringa qöyilmoqda.

Bugungi kunda hurmatli ayollarimiz turli soha va tarmoqlarda Vatanimizning jadal taraqqiyoti uçun munosib hissa qöşayotganlarini minnatdorlik bilan e’tirof etamiz.

Masalan, 2017 yilda boşqaruv sohasida xotin-qizlar örtaça 20 foizni taşkil etgan bölsa, hozirda bu raqam 35 foizga yetdi. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlarining 38 foizini, Senat a’zolarining 27 foizini ayollar taşkil etmoqda.

Ayollarning davlat boşqaruvi va parlament faoliyatidagi iştiroki kuçaygani jamiyatimiz rivojiga ham ijobiy ta’sir etayotganini hayotning özi körsatmoqda.

Eng muhimi, aql-zakovatli, bilimli va iste’dodli xotin-qizlarimiz davlat va jamiyatning barça sohalarida namuna bölişmoqda.