Yoğli şartnoma

Jahon miqyosidagi yulduz futbolçi Osiyodan taşqarida taniqli bölmagan arab klubiga ötişi haqidagi miş-mişlar noyabrdayoq paydo bölgandi. Öşanda Marca «An-Nasr» Kriştianu Ronalduning «Mançester Yunayted» bilan şartnomasi buzilişiga birinçilardan bölib reaksiya qilgan klub bölganini yozgandi. Xabarlarga köra, arablar klubida 37 yoşli portugaliyalik ikki yillik şartnoma böyiça taxminan 250 million yevro oladi.

Bunday astronomik taklif işonarsiz emasdi. Jahon çempionati startiga bir neça kun qolganida Portugaliya jamoasi yetakçisi Pirs Morganga şov-şuvli intervyu bergandi, unda şunday qiziqarli dialog ham bölib ötgandi:

— Men siz Saudiya Arabistonidan ulkan taklif — ikki mavsum uçun 350 million yevro tölaşni nazarda tutuvçi taklif olganingiz haqida eşitdim. Bu töğrimi? — deya söraydi Morgan Kriştianudan.

— Ha, bu töğri.

— Va siz buni rad etdingizmi?

— Öşa zahotiyoq.

E’tiborli tomoni, «An-Nasr» haqidagi xabarlarni Morganning özi birinçi bölib rad etdi. Holbuki bu klub haqidagi xabarlar kundan kunga jiddiylaşayotgandi. Portugaliya jahon çempionatini çorakfinaldayoq tark etgaç, voqealar rivoji tezlik oldi va 30 dekabr kuni transfer haqida rasman e’lon qilindi. Ronaldu erkin agent sifatida «An-Nasr» futbolçisiga aylandi.

Gigant darajadagi maoş

Yuqorida tilga olingan 350 million yevro quyidagilarni öz içiga oladi: kötarma puli, agent uçun komissiya puli, maoş hamda «MYu» uçun tovon puli. Hozirda boşqa summa muhokama etilmoqda: CBS jurnalisti Ben Jyeykobsning sözlariga köra, Ronaldu bir mavsum uçun 75 million dollar maoş oladi. Uning aniqlik kiritişiça, reklama loyihalari hamda elçilik xizmatlarini qöşib hisoblaganda Ronaldu bir yilda işlab oladigan pul miqdori 200 million dollarga yetadi. Kriştianuning şartnomasi ikki yarim mavsum uçun möljallangan, şunday ekan, uning bu davr mobaynidagi oladigan maoşi 500 million dollargaça yetadi.

«An-Nasr»da bunça pul qayerdan?

Klub emblemasida toj tasvirlangan va bu estetik ramz emas: 1960 yilga qadar «An-Nasr» şarafini havaskor futbolçilar himoya qilişgan, keyin esa podşohning öğli, Saudiya Arabistoni şahzodasi Abdul Rahman ibn Saud Ol Saud klub egasiga aylangan.

«An-Nasr» uçun bu haqiqiy sovğa edi — hazrati oliylarining sevimli öyinçoğiga aylangan klub bir lahzada boyib ketadi. Ol Saud futbolni sevardi va 1960-yillarga qadar Ar-Riyodning heç kimga taniqli bölmagan jamoasi bölgan «An-Nasr»ni haqiqiy grandga aylantiradi. Ol Saud 30 yildan ortiq vaqt mobaynida klub prezidenti bölib qoladi (bu davr mobaynida u ikki bor turli sabablar bilan lavozimdan ketgan va ikki bor yana saylangan). 2004 yilda, prezident lavozimini egallab turganida vafot etgan.