«Şifoxonalardagi muammolarni kabinetda ötirib hal qilib bölmaydi. Şuning uçun tizim mas’ullarini joylarga jönatyapmiz. Har birimiz haqiqiy vaziyatni öz közimiz bilan körib, örganib, tahlil qilib, qisqa muddatda puxta yeçim topiş harakatidamiz», — deydi vazir.
Ma’lumot uçun, bayram va dam oliş kunlari vazirlik tizimidagi 1049 ta oilaviy poliklinika, 1080 ta oilaviy şifokor punkti, tuman, viloyat va respublika şifoxonalari, ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlari, tibbiyot oliy öquv yurtlari klinikalari, şuningdek, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta şoşilinç tibbiy yordam qabul bölimi hamda tumanlararo qöşma şikastlanişlar va ötkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatçi şifokor va hamşiralar faoliyat yuritmoqda.


















