Janubiy Koreyaning Özbekistondagi elçisi Kim Xi Sang Toşkent Kimyo xalqaro universitetiga bordi. Mehmonni universitet rektori Jonpölat Xudoybergenov kutib oldi. Uçraşuvda elçiga Janubiy Koreya universitetlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalari hamda “Özbekiston-Koreya” döstlik jamiyati faoliyati haqida ma’lumot berildi. Şundan söng elçi universitet talabalari uçun, “Janubiy Koreya va Özbekiston örtasidagi munosabatlarning hoziri va kelajak istiqbollari” mavzusida taqdimot qildi. Talabalar taqdimotdan söng Koreyada ta’lim, grant va qöşma dasturlarga oid özlarini qiziqtirgan savollariga javob olişdi.

“Özbekistondagi 16ta OTMda 3 mingga yaqin talabalar koreys tili va Koreya davlati haqida örganişmoqda. Toşkent kimyo xalqaro universiteti ham namunali tarzda koreys tili kafedrasini yuritmoqda.

Bu yil Özbekiston va Koreya diplomatik aloqalarning 30 yilligini nişonlamoqda. Ötgan davrdagi yutuqlarga tayanib kelgusi 30 yillik rejalar haqida izlanişimiz kerak deb öylayman. Keyinçalik ham soğliqni saqlaş, ta’lim, IT, davlat boşqaruvi va boşqa sohalarda hamkorlik yanada kengayib borişiga işonamiz”, - dedi Koreya Respublikasining Özbekistondagi elçisi Kim Xi Sang.

Universitetning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: