“Özgidromet” xabariga köra, front ötişida respublika böyiça ba’zi joylarda şamol 17-22 m/s gaça kuçayadi. Özbekistonning qolgan hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi, kunduzi havo harorati 2-7 daraja iliq böladi.
Ertaga antitsiklon respublikaning barça hududlarini qamrab oladi, Özbekiston böyiça yoğingarçilik, toğoldi va toğli hududlarda ba’zi joylarda kuçli böladi. Surxondaryo viloyatida yoğingarçilik kutilmaydi. 17-22 m/s gaça kuçaygan şamol ba’zi joylarda hali ham esadi, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida esa 25-30 m/s gaça kuçayişi mumkin. Havo harorati keçasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq böladi.
4 yanvarda antitsiklon çekina boşlaydi. Respublika hududining katta qismida yoğingarçilik kutilmaydi, faqat keçasi va ertalab Özbekistonning markaziy va şarqiy hududlarida yoğingarçilik bölişi saqlanib turadi. Havo harorati keçasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq böladi.
5 yanvarda respublika böyiça yoğingarçilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 7-12 daraja iliqqaça, mamlakat janubida 15 daraja iliqqaça kötariladi, keçalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq böladi.
Haftaning oxiriga borib, mamlakatga Turkmaniston hududlaridan nam va nisbatan iliq havo massalari kirib kelişi kutilmoqda. 6 yanvarda respublika hududi böyiça ba’zi joylarda yomğir yoğadi. Havo harorati keçalari 4-7 daraja iliqqaça kötariladi, kunduz kunlari 5-10 daraja iliq atrofida böladi.
Uşbu kunlarda keçasi va ertalab respublika böyiça ba’zi joylarga tuman tuşadi. 2-4 yanvarda respublika toğli hududlarida qor köçişi xavfi bor.

















