Ukraina havo kuçlari qömondonligi spikeri Yuriy Ignat ukrain telemarafoni efirida Rossiyadan uçirilgan barça dronlar urib tuşirilgani haqida aytgan.
«Bu juda jiddiy natija. Osmon işonçli himoya ostida ekanini körib turibmiz», degan u.
«NASAMS harbiylarimizning öqlarini otişga bazör ulgurdi. Aytiş mumkinki, heç kim uşbu havo hujumidan mudofaa tizimidan foydalanişda bunday tajribaga ega emas: jang vaqtida kompleksni qayta öqlaş va havo nişonlarini yöq qiliş. Bu şuni anglatadiki, ularning soni bizda kam. Raketalar bor, yana havo hujumidan mudofaa tizimlari kerak», deya qöşimça qilgan Ignat.
Harbiylar ma’lumotiga köra, 13 ta dron 2022 yilning oxirgi soatlarida, 32 tasi esa - 2023 yil kirib kelganidan keyin urib tuşirilgan.
Ukraina prezidenti ofisi rahbari örinbosari Kirill Timoşenkoning ma’lumotiga köra, dronlar hujumi vaqtida 50 kişi yaralanib, ikki kişi halok bölgan.
Kiyev oblasti ma’muriyati rahbari Aleksey Kuleba öz telegram-kanalida Rossiya dronlari maqsadi energetika infratuzilma obektlari bölgani haqida yozdi.
«Dastlabki ma’lumotlarga köra, jabrlanganlar yöq. Infratuzilma obektlari şikastlangan. Butun tun böyi joylarda favqulodda xizmatlar iş olib bordi», - deya yozadi Kuleba.
Kiyev oblasti milliy politsiyasi rahbari Andrey Nebitov e’lon qilgan fotosuratda urib tuşirilgan dronda rus tilida «Yangi yil bilan» («S Novym Godom») yozuvi aks etganini köriş mumkin.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, Kiyevda qurbonlar va jabrlanganlar bölmagan.
«Tunda havo hujumidan mudofaa tizimlarining zargarona işi yanada yaqqol körinadi. Endi men bilamanki, agar osmonda yorqin çaqnaş bölsa - barçasi joyida, agar pastroqda kiçik çaqnaş bölsa - falokat bölişi mumkin», deya Kiyevga tungi hujumni tasvirlaydi mahalliy aholi vakili Viktoriya Volontyrets. «Yorqin çaqnaşlar köp edi, uçqun esa - faqat bir marta böldi. Men tunda örnimdan irğib turdim, çunki juda baland ovozlar eşitilar va hammayoq yorişib ketgandi», deya qöşimça qiladi u.
Şu bilan birga, Ukrainaning Donetsk oblastining bosib olingan qismi hukumati Ukraina armiyasi tomonidan berilgan zarbalar haqida xabar bergan. Ularning ma’lumotiga köra, yangi yilga ötar keçasi front çiziğidagi Donetsk va Makiyivka şaharlari reaktiv öt oçiş tizimlari va stvolli artilleriyadan öqqa tutilgan.























