Ğayrioddiy yumşoq ob-havo Yevropada tabiiy gaz narxining yangi yil boşida pasayişda davom etişiga yordam berdi. 2 yanvar, duşanba kuni Niderlandiya gazining TTF şartnoma narxlari megavatt/soat uçun 70,30 yevrodan boşlandi. Oxirgi marta Yevropa gazi 2022 yilning fevralida, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi boşlanişidan oldin bu qadar arzonga sotilgan edi.
Bir munça vaqt ötgaç, TTF narxi 73 yevrogaça kötarildi. Umuman olganda, dekabr oyining boşidan buyon u örtaça yarmiga kamaydi. Rekord narxlar ötgan yozda qayd etilgan (megavatt/soat uçun 345 yevro). Bunga Rossiyadan tabiiy gaz yetkazib beriş töxtatilgani sabab bölgan.
Hozirgi mö’tadil harorat şaroitida Yevropada gaz iste’moli kamayib bormoqda. Yangi yilga kelib, Germaniyada havo harorati ba’zi joylarda ortiqça 20 darajadan oşdi. Germaniya ob-havo xizmati doimiy ravişda kuzatib boriş davri uçun mamlakatdagi eng iliq yangi yil keçasini qayd etdi. Tabiiy gaz narxining pasayişiga Yevropada sönggi paytlarda şamol turbinalaridan tobora köproq energiya işlab çiqarilayotgani ham ta’sir körsatdi.
Germaniyadagi gaz omborlari hozirda 90 foizdan ortiqqa (90,12 foiz) tölgan. Germaniyada gaz zaxiralari ketma-ket ön birinçi kundan beri töplanmoqda.

















