Hamdöstlik davlat rahbarlari Kengaşining 2022 yil 14 oktyabrdagi qaroriga köra, Qirğiziston 2023 yil davomida MDH Davlat rahbarlari kengaşi, Hukumat rahbarlari kengaşi, Taşqi işlar vazirlari kengaşi, Iqtisodiy kengaş, boşqa tuzilmalariga ham raislik qiladi.
Qozoğiston (2022 yilda raislik qilgan) va Rossiya (2024 yilda raislik qiladi) hamrais böladi.
Prezident Sadir Japarov Ostonada bölib ötgan MDH sammitida Qirğizistonning 2023 yildagi raisligining ustuvor vazifalarini taqdim qilgan edi. Qirğiziston tomoni raislik davrida Hamdöstlik makonida köp bosqiçli integratsiya tuzilmalari örtasidagi özaro hamkorlikni kengaytiriş va çuqurlaştiriş orqali MDHga a’zo davlatlar örtasida bir-birining manfaatlarini özaro hurmat qilişga asoslangan yaxşi qöşniçilik va işonçli munosabatlarni mustahkamlaşga katta e’tibor qaratadi.
2022 yil 14 oktabr kuni bölib ötgan Ostona sammitida Hamdöstlik davlatlari rahbarlari MDH Ijroiya qömitasi raisi – Ijroçi kotibi lavozimini 2023 yildan «MDH Boş kotibi» lavozimiga özgartiriş töğrisida qaror qabul qildi.
Uşbu sammitda Sergey Lebedevning Hamdöstlik Ijroiya qömitasi rahbari sifatidagi vakolatlari yana uç yilga uzaytirildi.

















