Boşqaruv raisi boşçiligidagi “Işçi guruh” a’zolari tomonidan “Şörtan” neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasiga qaraşli “Şörtan” konidagi 360, 362, 377 va 393-sonli burğilaş quduqlari hamda “Terrigen” 1-sonli izlov-qidiruv quduğini burğilaş işlari holati joyidan örganildi.

Iş joyida mehnat qilayotgan işçi-xodimlar yangi yil bayrami munosabati bilan tabriklandi va ularning faoliyati uçun minnatdorçilik bildirildi.

“Şörtan” boşqarmasida 2022 yilda tabiiy gaz qazib çiqariş körsatkiçi 8,95 mlrd. kub metrni taşkil etib, tabiiy gaz 10 ta gaz konlaridagi 273 ta işlatiş quduqlaridan qazib olinadi.

Foto: Özbekneftgaz

Uşbu konlardan örtaça bir kunda 24,5 mln. kub metr tabiiy gaz qazib çiqarilmoqda.

Konlardan qazib olingan gaz 8 ta gazni dastlabki tayyorlaş qurilmalarida birlamçi tayyorlanib, Siquv kompressor stansiyalarida bosimi oşirilib qayta işlaş uçun “Şörtan boş inşooti”ga uzatiladi.

Şuningdek, “Şörtan” konlari “Şörtan gaz kimyo majmuasi” va “Uzbekistan GTL” zavodining asosiy xomaşyo bazasi hisoblanadi.

Foto: Özbekneftgaz

Şundan kelib çiqib, “Özbekneftgaz” AJ Boşqaruv raisi korxonada işlayotgan rahbarlar va geolog xodimlarga, yanada qazib oliş hajmlarini oşiriş yönalişida işlarni taşkil etiş, şu hududda izlov qidiruv işlarini jadallaştiriş yönalişida körsatmalar berib ötdi.

Şuni ta’kidlaş joizki, joriy 2022 yilda “Şörtan” boşqarmasida geologo-texnik tadbirlar doirasida 16 ta yangi burğilaş quduqlari burğilanib işga topşirildi, mavjud 116 ta quduqlarda ta’mirlaş va intensifikatsiya işlari bajarildi hamda 6 ta texnologik obektlar işga tuşirilib, qöşimça 363,8 mln kub metr gaz va 6,9 ming tn gaz kondensati qazib olişga erişildi.

Uşbu yönalişda texnologik tadbirlar doirasida “Şörtan” konidagi gaz yiğuv joylarida quduqlaridan qazib olinayotgan gazni dastlaki tayyorlaş uçun 3 ta gazni dastlabki tayyorlaş qurilmasi qurilib işga tuşirildi, uşbu qurilmalardagi uskunalar “Özbekneftgaz” AJ tasarrufidagi korxonlaradan olib foydalanilişi, şuningdek quriliş brigadalari esa “Şörtan” boşqarmasining quriliş sexi xodimlari tomonidan öz kuçlari bilan qurişga erişilib, sarf xarajatlarni qisqartirilişiga ham olib keldi.