Bu haqda Polşa taşqi işlar vazirligi rahbari örinbosari, hukumatning reparatsiya masalalari böyiça vakolatli vakili Arkadiuş Mulyarçik ma’lum qildi.
«Biz bu masalaga aralaşişni, uşbu muloqotni ötkazişni istamaydigan Germaniya bilan muloqot uçun platforma yaratişni sörayapmiz», dedi u.
Avvalroq Polşa xuddi şunday iltimos bilan Yevropa Kengaşi va YuNESKO taşkilotiga murojaat qilgan edi.
3 sentabr kuni Polşa taşqi işlar vaziri Zbignev Rau Germaniyadan Ikkinçi jahon uruşi davridagi vayronagarçilik uçun tovon puli (reparatsiya) talab qiluvçi notani imzoladi.
Varşava uruşdan yetkazilgan zararni 6,2 trillion zlotix (1,3 trillion dollar) deb baholamoqda. Talablar röyxatiga 1939-1945 yillarda Germaniya davlati tomonidan öğirlangan Polşa davlat banklarining aktivlari va majburiyatlarini qaytariş, şuningdek, agressiya va nemis istilosi qurbonlari va ularning oila a’zolariga yetkazilgan zararni qoplaş töğrisidagi talablar kiritilgan.
















