Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumanida ayol jazmani tomonidan ayovsiz döpposlanib, yalanğoç holda uyiga taşlab ketilgani, oqibatda oğir tan jarohatlari olgan 36 yoşli ayol şifoxonada vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinişiça, hodisa 2023 yil 1 yanvar kuni Şahrisabz tumani Tepar mahallasida sodir bölgan.
«Şahrisabz tumani Tepar mahallasida yaşovçi hamqişloqlar oçiq dala maydoniga borib, şu yerda özaro oğzaki tortişib qolişgan. Natijada örtada bahslaşuv yuzaga kelib, bir-birini kamsituvçi sözlar bilan haqorat qilgani sababli erkak ayolni urib, tan jarohati yetkazgan. Ertasi kuni jabrlanuvçi şifoxonaga olib borilgaç, şifokorlar körsatgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan», deyiladi munosabatda.
Mazkur holat yuzasidan 2023 yil 2 yanvar kuni Şahrisabz tumani IIB tergov bölimi tomonidan ayolning ölimiga sabab bölgan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Qayd etilişiça, fuqaro S.X. Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlanib, unga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
















