Avvalroq 2022 yil 24 dekabr kuni Qaşqadaryo viloyati salomatlikni tiklaş şifoxonasi portlab ketgani haqida xabar berilgandi.

Oilaviy arxivdan. Çapdan öngga: Bibisora Oripova, Zulfiya Oripova, Oysara Oripova Razzoq Oripov, Abdulla Oripov

Portlaş oqibatida şifoxonada davolanayotgan 2 nafar bemor kuyiş tan jarohatlari bilan Qarşidagi şifoxonaga yotqizilgan. Bibisora Oripovaning ma’lum qilişiça, jarohat olganlardan biri uning singlisi Oysara Oripova va ikkinçisi uning turmuş örtoği bölgan.

«Singlim va uning eri şifoxonaga 23 dekabr kuni borişgan. Kuyovimning aytişiça, ular borgan kuni şifoxonaning koridorida va palatada ham gaz hidi bölgan. Ular tört-beş kun davolanib ketamiz deb öşa holatda şifoxonaga joylaşişgan. Bir sutka yotişgaç gaz hidiga örganib qolişgan şekilli, öşa yerda işlaydigan qarindoş ayol boşqa joyga boringlar desa unaşmagan. 24 dekabr kuni kuyovim xonaning çiroğini yoqişi bilan kuçli portlaş sodir bölgan. U yengilroq kuygan, palataning törroğida bölgan singlim 80 foiz kuyiş jarohatini olgan», dedi Bibisora Oripova.

Bibisora Oripovaning aytişiça, singlisi va kuyovi davolanişga borişidan bir neça kun oldin şifoxona ma’muriyati şahar gaz idorasidan ruxsat olmasdan u yerda gaz bilan boğliq qandaydir işlar qilgan.

Oqibatda eskirib, yaroqsiz holga kelgan quvurdan gaz çiqa boşlagan. Bu holatni Oysara Oripova va uning eri borgunça şifoxona rahbariyati va ma’muriyati ham bilgan, ammo bartaraf etiş çoralarini körmagan.

«Singlim keksayib, soğligida muammolar bor edi. Uning tanasi 80 foizga kuygan. Hodisa sodir bölgandan söng unga Qarşidagi eng kuçli vraçlar qaraşdi. Ammo singlim vafot etdi», dedi Bibisora Oripova.

Uning aytişiça, ayni damda kuyovi Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Qaşqadaryo filialida davolanmoqda.

Bibisora Oripova şifoxonada gaz sizib çiqişiga mas’ul mutasaddilar va singlisining ölimiga sababçi bölgan şaxslarning xatti-harakatlari yuzasidan tekşiruv olib borilayotgani haqida ma’lumotga ega emas ekan.