Qaşqadaryo viloyati Qamaşi tumanida joylaşgan bozorda bir guruh şaxslar tuman hokimi örinbosarini döpposlagan va bozor direktorining maşinasiga zarar yetkazgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari xabar bermoqda.
Hodisa 2023 yil 2 yanvar kuni soat 10:30 larda Fayz dehqon bozori hududida sodir bölgan.
Ma’lum qilinişiça, tuman hokimining örinbosari M.N. va Fayz dehqon bozori rahbari A.A. bozor hududida obodonlaştiriş işlarini olib boriş maqsadida tuman obodonlaştiriş bölimiga qaraşli ekskavatorni işlatayotgan vaqtda şu bozorda savdo qiluvçi fuqarolar heç bir sababsiz janjal çiqargan.
Janjal vaqtida fuqarolar Z.T. va N.B. qöllari bilan hokim örinbosari M.N.ni qasddan bir neça marotaba urgan. Ekskavator oynasini toş otib sindirgan va “Fayz” MÇJ rahbari A.A.ga tegişli “Nexia-2” maşinasiga zarar yetkazib, fuqarolarni faol qarşilik körsatişga jalb qilgan.
Voqea joyiga Qamaşi tuman IIB xodimlari çiqib, fuqarolarni tinçlantirib, jamoat tartibi saqlaşga erişilgan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Qamaşi tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
















