Suhbat çoğida JST bilan işlaş böyiça Idoralararo komissiya a’zolari, Muzokaralar guruhi va 10 ta alohida yönalişlar böyiça tuzilgan işçi guruhlar faoliyatining joriy natijalariga, şuningdek, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligining muvofiqlaştiruvi ostida Taşkilotga a’zo davlatlar tomonidan söralgan barça zarur hujjatlarni tayyorlaş jarayonida ularning tezkor sa’y-harakatlariga alohida e’tibor qaratildi.

JSTga kiriş jarayonida texnik yordam dasturlarini amalga oşiriş doirasida donor davlatlar va taşkilotlar bilan hamkorlik qiliş muhimligi ta’kidlandi. Ular iştirokida sönggi 3 yil davomida 250 dan ortiq trening va seminarlar taşkil etildi, Taşkilotga a’zo bölişning iqtisodiyot turli tarmoqlariga ta’siri böyiça tadqiqotlar olib borildi va boşqa tegişli tadbirlar amalga oşirildi.

Uçraşuv yakunlari böyiça XVJ doimiy vakili Özbekistonning JSTga a’zo böliş jarayonini yanada ilgari suriş uçun har tomonlama yordam körsatişni davom ettirişga tayyorligini tasdiqladi.