Uning sözlariga köra, iqlim özgarişi, oziq-ovqat narxlarining oşişi va qaşşoqlikning kuçayişi kabi umumbaşariy tahdidlar şaroitida Özbekiston prezidenti tomonidan 2023 yilga möljallangan dasturda belgilangan törtinçi ustuvor yönaliş – qişloq xöjaligini diversifikatsiya qiliş, qişloq obodligi va suvdan foydalaniş samaradorligini oşirişga investitsiya kiritiş juda dolzarb ahamiyatga ega.

Rimda Xalqaro jamğarma Ijroiya kengaşi yiğilişda Özbekiston bilan 2023-2027 yillarga möljallangan 600 million dollar miqdoridagi mamlakat dasturi körib çiqildi. Uşbu dastur doirasida kelgusi 5 yil davomida qişloq aholisi, xususan, dehqonlar, ayollar va yoşlar hayotini yaxşilaşga sarmoyalar yönaltiriladi.

Global inqirozlarning mintaqaga ta’siri kuçayib borayotgan bir şaroitda Xalqaro jamğarma dasturi fermerlar uçun raqobatbardoş bozorlarga kiriş imkoniyatlarini yaxşilaşga, innovatsiyalar joriy etişga va iqlim özgarişiga çidamlilikni kuçaytirişga yönaltirilgan. Şuningdek, uşbu dasturda gender tengligini ta’minlaş uçun ayollar faolligini oşiriş çoralari köriladi. Yoşlar uluşi kamida 30 foizni taşkil qiladi. Bunda asosiy e’tibor qişloq tadbirkorligiga va raqamli texnologiyalardan keng foydalanişga qaratiladi.