“Dunyo” AA ma’lumotiga köra, Italiya poytaxtida bölib ötgan muzokaralarda qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov va TIV vaziri maslahatçisi Munira Aminova Qişloq xöjaligini rivojlantiriş xalqaro jamğarmasi (IFAD) vitse-prezidenti Donald Braun bilan ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini batafsil körib çiqdi.

Tomonlar agrar tarmoqqa töğridan töğri investitsiyalarni jalb etiş, qişloq hududlarida barqaror rivojlanişni ta’minlaş, şu jumladan irrigatsiya, infratuzilma va qişloq xöjaligi qiymat zanjirlarini qöllab-quvvatlaşga doir innovatsion loyihalarni joriy etişga alohida e’tibor qaratdi.

Uçraşuv yakunida iştirokçilar Özbekiston–IFAD şerikligini yanada mustahkamlaş va yangi qöşma loyihalarni amalga oşirişdan özaro manfaatdor ekanini tasdiqladi.