«Erdöğan tinçlik va muzokaralar ötkazişga çaqiriqlarni bir tomonlama öt oçişni töxtatiş va adolatli kelişuvga erişiş haqidagi jarayon bilan qöllab-quvvatlaş kerakligini ma’lum qildi», — deya Turkiya rahbarining sözlaridan iqtibos keltirgan uning idorasi.

Bundan oldin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Rossiya yetakçisi Vladimir Putin, şuningdek, Ukraina davlat rahbari Volodimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilişi xabar berilgandi. 

Anqara Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini hal qiliş uçun Moskva va Kiyev bilan Taşqi işlar, Mudofaa vazirliklari rahbarlari va razvedka xizmatlari rahbarlari darajasida intensiv diplomatik aloqalarni davom ettirmoqda, dedi turkiyalik siyosatçining matbuot kotibi Ibrohim Kalin.

Uning eslatişiça, Turkiya ikki davlat vakillarining muzokara stolida uçraşuvlarini ötkazişga muvaffaq bölgan yagona davlatdir. Dastlab Antaliyada, keyin Istanbulda uçraşuvlar bölib ötdi, deya eslatdi Kalin. 

Şunday qilib, 2022 yil 10 mart kuni Antaliyadagi diplomatik forum doirasida Rossiya va Ukraina taşqi işlar vazirlari Sergey Lavrov va Dmitriy Kuleba örtasida muzokaralar bölib ötdi. Keyinçalik, 2022 yil 29 va 30 mart kunlari Rossiya Federatsiyasi va Ukraina delegatsiyalari Istanbulda muloqot qildi.