Germaniya hukumati Varşavaning Ikkinçi jahon uruşi davrida faşistlar tomonidan Polşaga yetkazilgan zararni qoplab beriş töğrisidagi talablarini yana rad etdi.
Varşava Germaniya taşqi işlar vazirligidan tegişli diplomatik nota oldi.
Notada aytilişiça, «federal hukumat uruş davriga aloqador reparatsiya va musodara masalasini allaqaçon hal qilgan deb hisoblaydi va Germaniya Federativ Respublikasi hukumati bu masala böyiça muzokaralar olib boriş niyatida emas».
Oktyabr oyi boşida Polşa milliy konservativ hukumati diplomatik notada Germaniyadan Ikkinçi jahon uruşi va faşistlar istilosi davrida yetkazilgan zarar uçun 1,3 trillion yevro miqdorida tovon puli talab qilgan edi.
Germaniya hukumati Polşaning tovon tölaş böyiça har qanday talablarini rad etib, bu masala 2+4 (GFR, GDR va Ikkinçi jahon uruşida ğolib bölgan törtta davlat - SSSR, AQŞ, Buyuk Britaniya va Fransiya) şartnomasi doirasida allaqaçon hal qilinganini ta’kidladi.
Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok 2022 yil oktyabr oyida Varşavaga taşrifi çoğida Berlinning bu pozitsiyasini yana bir bor tasdiqladi.
















