Germaniyada gaz tanqisligini qoplaş uçun kömir yoqilğisida işlaydigan elektr stansiyalaridan foydalanişning köpayişi 2022 yilda iqlim özgarişi böyiça maqsadlarga erişişga tösqinlik qildi. Bu haqda Agora Energiewende tahliliy markazi tomonidan 4 yanvar, çorşanba kuni çop etilgan tadqiqotda aytiladi.
Yuqori narxlar tufayli umumiy energiya iste’moli deyarli beş foizga kamaygan bölsa-da, kömir va neftdan foydalanişning köpayişi rejalaştirilganidek issiqxona gazlari çiqindilarini kamaytira olmadi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, çiqindilar 761 million tonnani taşkil etdi - bu 2021 yil bilan deyarli bir xil. Bu rejalaştirilgan hajmdan qariyb beş million tonna köpdir.
Agora Energiewende rahbari Zimon Myuller hukmron koalitsiyani bu yil özgarişlar qilişga çaqirib: «Bu iqlim maqsadlari nuqtayi nazaridan uyğoniş qönğiroği», dedi. 2022 yilda CO2 taşlanmalari 1990 yilga nisbatan 39 foizga kamaydi, bu körsatkiçlardan orqada qoliş va hajm 40 foizga kamaygan 2020 yildan kam degani. Germaniya 2030 yilgaça taşlanmalarni 65 foizga qisqartirişni maqsad qilgan.
Agora ma’lumotlariga köra, qayta tiklanadigan energiya 2022 yilda 248 teravatt-soat elektr energiyasi işlab çiqargan, bu har qaçongidan ham köproq bölib, 2021 yilga nisbatan qariyb ön foizga köpdir. Şamol energetikasi muqobil elektr energiyasining eng yirik yetkazib beruvçisi bölib qoldi. Şu bilan birga, quyoş elektr stansiyalarida işlab çiqarilgan elektr energiyasi hajmi 23 foizga oşdi. Bu quyoşli kunlarning köpligi, yangi quyoş energiyasi obektlarining jadal qurilişi tufayli ham sodir böldi.
















