Içki işlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etiş departamenti xabariga köra, 3-mintaqaviy hudud 30-son manzil-koloniyasida jazo muddatini ötab kelgan mahkum A.K. soğliği sababli Zafarobod tumani tibbiyot birlaşmasining “Terapiya” bölimiga davolaniş uçun yotqizilgan.
Qayd etilişiça, 4 yanvar kuni u soat 22:30 larda tibbiyot birlaşmasidan ruxsatsiz, noma’lum tomonga ketib qolganligi aniqlangan.
Xuddi şu kuni soat 23.15 larda muassasada ötkazilgan körik vaqtida mahkum M.N.ning ham koloniya hududida yöqligi aniqlangan.
IIV huzuridagi Jazoni ijro etiş departamenti tomonidan uşbu mahkumlarni tartibbuzarlik sodir etib, belgilangan hududlardan ketib qolgani uçun qidiriş işlari olib borilmoqda.
Qidiruv-suriştiruv işlari yakuni yuzasidan jamoatçilikka qöşimça ma’lumot berilişi ma’lum qilingan.

















