Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kamçatka ölkasi böyiça boş boşqarmasi xabariga köra, vulqondan otilib çiqayotgan kul ustuni dengiz sathidan 7,5 km masofaga kötarilgan.
«Kul ustuni janubi-ğarbiy yönalişda tarqalmoqda. Uning yölida aholi yaşaş punktlari yöq. Ust-Kamçatskiy tumani aholi punktlarida kul yoğilişi qayd etilmagan. Vulqon hududida sayyohlik guruhlari yöq», deyiladi xabarda.
Vulqonga yaqin hududlarda aviatsiya xavfsizligi bilan boğliq jigarrang rejim e’lon qilingan.
Şiveluç — Kamçatkadagi eng şimoliy faol vulqon bölib, Ust-Kamçatskiy tumanidagi Klyuçi qişloğidan 45 km uzoqlikda joylaşgan. U yerda 5 mingga yaqin aholi yaşaydi.
Bu Kamçatkadagi eng katta vulqonlardan biri. Şiveluç 2009 yil may oyida faollaşgan edi. Vulqonning sönggi marta otilişi 2017 yilda kuzatildi.

















