Termiz şahrida bir guruh fuqarolar bozor köçirilişidan norozi bölib mutasaddi taşkilot vakillariga qarşilik körsatgan. Bu haqda IIV matbuot kotibi xabar bermoqda.
Hodisa 2023 yil 4 yanvar kuni Termiz şahar «Yubileynyy» nomi bilan ataluvçi eski bozor hududida sodir bölgan.
Ma’lum qilinişiça, şahar hokimining qarori bilan bozorda noqonuniy savdo qilib turgan şaxslarni «Yaşil dunyo» savdo markaziga köçiriş işlari amalga oşirilayotganda ular hokimiyat vakillariga qarşilik körsatişgan va jamoat tartibini buzişgan.
Şundan söng bozor hududiga jamoat tartibini tiklaş uçun jalb qilingan IIB va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan 14 nafar huquqbuzar IIBga olib kelingan va ular bilan tuşuntiriş-profilaktik işlari olib borilgan.
Huquqbuzarlik holati yuzasidan töplangan hujjatlar asosida Jinoyat işlari böyiça Termiz şahar sudi tomonidan olti nafar fuqaroga BHMning 3 baravari, uç nafar fuqaroga BHMning 5 baravari miqdorida jarima belgilangan. Tört nafar fuqaroga 5 sutka ma’muriy qamoq jazolari tayinlandi.
Avvalroq, Qaşqadaryo viloyati Qamaşi tumanida ham bozor köçirilişi eski bozorda savdo qilib turgan fuqarolarning noroziligiga sabab bölgan va oqibatda ular tuman hokimining örinbosarini döpposlaşgandi.

















