«Hozir ular Donbassdagi yigitlarimizning yurişini birmunça vaqt töxtatiş uçun Rojdestvodan niqob sifatida foydalanişni va bizning pozitsiyalarimizga texnika, öq-dorilar va safarbarlarni yaqinlaştirişni xohlaşyapti. Bu nima beradi? Faqatgina yöqotişlarning yanada köpayişini. Dunyoda hamma Kreml uruşdagi töxtaşlardan uni yangi kuç bilan davom ettiriş uçun foydalanişini yaxşi biladi», deya Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinning mudofaa vaziri Sergey Şoyguga Rojdestvoni nişonlaş vaqtida «öt oçişni töxtatiş» tartibini joriy etiş haqidagi buyruğiga munosabat bildirdi.

An’anaviy keçki videomurojaatda Zelenskiy 15 noyabr kuni taqdim etilgan Ukraina «tinçlik formulasi»ni esladi. «Uning bandlaridan biri Rossiya bosqinçi qöşinlarini mamlakatimiz hududidan olib çiqib ketişni nazarda tutadi. Bu öt oçişni töxtatişning kafolatlangan va işonçli yölidir», — dedi Ukraina prezidenti.

«Raketalaringiz va dronlaringiz şaharlarimizga tegmasa ham, bosib olingan hududlarda terror davom etmoqda. Siz ukrainaliklarga heç qanday muhlat bermayapsiz. Odamlarni qiynoqqa solişyapti, elektr toki bilan qiynaşyapti, zörlaşyapti. Askarlaringiz bizning yerimizda ekan, bu har kuni davom etadi. Askarlaringiz yo ketişganda yoki biz ularni haydab çiqarganda uruş tugaydi», — dedi Zelenskiy ruslarga murojaat qilib.