Rossiyalik oligarx Roman Abramoviç manfaatlarini közlab yaratilgan önta maxfiy ofşor trastlar 2022 yil fevral oyi boşida - Ukrainada Rossiya uruşi boşlanişidan uç hafta oldin tezda qayta taşkil etilgan. Bu haqda 6 yanvar, juma kuni The Guardian naşri xabar berdi. Katta hajmdagi qoğozlar anonimlik şarti bilan naşrga topşirildi. Ular, aftidan, trastlarni boşqaradigan Kipr ofşor kompaniyasi serverlariga buzib kiriş natijasida olingan.
Ommaviy qayta taşkil etiş Ğarb rasmiylari Rossiya Ukrainaga keng kölamli bostirib kirgan taqdirda rossiyalik oligarxlarga qarşi sanksiyalar qöllaş bilan tahdid qilganidan bir neça kun ötib amalga oşirildi.
Hujjatlarni tahlil qiliş şuni körsatadiki, Abramoviçning yetti nafar farzandi, eng kiçigi töqqiz yoşda, aktivlari kamida 4 milliard dollar (3,7 milliard yevro) bölgan trastlarning benefitsiarlari. Bunday holda umumiy miqdor bundan ham köproq bölişi mumkin, deb yozadi gazeta.
AQŞ qonunçiligiga köra, agar sanksiya qöyilgan şaxs töğridan töğri yoki bilvosita 50 foiz yoxud undan ortiq aksiyalarga egalik qilsa, kompaniya aktivlari muzlatilişi mumkin. Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi qonunçiligi, agar egasi kompaniya aksiyalarining 50 foizi yoki undan kamiga egalik qilsa, aktivlarni muzlatişga ruxsat beradi, şuningdek, u bevosita yoki bilvosita nazoratni amalga oşiradi.
Bu ma’lumotlar Abramoviçning farzandlari ham sanksiyalarga duçor böladimi, degan savol tuğdirişi mumkin, deb yozadi naşr.
Roman Abramoviç 2022 yil 10 martda Buyuk Britaniyaning sanksiyalar röyxatiga kiritilgan edi. Keyinçalik, 15 mart kuni Yevropa Ittifoqi tomonidan tadbirkorga nisbatan çeklovlar joriy etildi. The Wall Street Journal 2022 yil mart oyida xabar qilganidek, Qöşma Ştatlar Buyuk Britaniya va YeIdan keyin, AQŞ prezidenti Jo Bayden va Ukraina yetakçisi Volodimir Zelenskiy örtasidagi maslahatlaşuvlardan söng Abramoviçga qarşi sanksiyalar kiritmagan. The Guardian naşrining yozişiça, tadbirkor tinçlik muzokaralarini taşkil etiş maqsadida norasmiy vositaçi sifatida paydo bölgan.
2022 yil 19 dekabrda Kanada hukumati sanksiyalar ostida bölgan rossiyalik milliarder Roman Abramoviçga tegişli Granite Capital Holdings Ltd kompaniyasining 26 million dollar miqdoridagi aktivlarini xatlovga oliş va musodara qiliş jarayoni boşlanganini e’lon qildi.


















