Toşkent şahar IIBB ozdiruvçi mahsulot sifatida taklif etilayotgan Fatzorb dori vositasi soğliq uçun xavfli ekanidan ogohlantirdi.

«Sönggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ozdiruvçi mahsulot sifatida Fatzorb dori vositasi sotilmoqda. Uşbu dori tarkibida Sibutramin moddasi bölib, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentabrdagi 818-son qaroriga köra, kuçli ta’sir qiluvçi modda hisoblanadi. Bunday moddalarni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş javobgarlikka tortilişga asos böladi».

Şuningdek, uşbu dori vositasini sotiş bilan şuğullangan şaxslar qölga olingani haqida ham xabar berildi.

«Ular ijtimoiy tarmoqlarda ozdiruvçi mahsulotlar savdosi bilan şuğullanişini ma’lum qilib, sahifa oçgani va kuçli ta’sir qiluvçi moddalarning onlayn savdosi bilan şuğullanayotgani aniqlangan. 5 yanvar kuni Toşkent şahri, Sergeli tumani, Obihayot köçasida yaşovçi, 1992 yilda tuğilgan D.S. va 1993 yilda tuğilgan K.S. 600 ming söm evaziga 180 dona Fatzorb vositasini sotayotgan vaqtida Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan uşlangan. Şuningdek, K.S. boşqaruvidagi avtomaşina xolislar iştirokida tekşirilganda yana 72 dona Fatzorb dori vositasi aniqlangan va aşyoviy dalil sifatida olingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda», deyiladi xabarda.