Kollej va texnikumlarda to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarishsiz qoldi
Davlat komissiyasining tegishli qaroriga binoan, kollejlar va texnikumlarda 2022/2023 o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi o‘quvchilarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorlari mos ravishda 2021/2022 o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlanib qoldi.
Ayrim yo‘nalishlarda o‘qitish muddatlari bir yildan kam yoki ko‘p bo‘lganda belgilangan miqdorlar 12 oyga bo‘linadi va mos ravishda o‘quv muddatiga ko‘paytirish orqali to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov-kontrakt miqdori aniqlanadi.
Ma’lumot o‘rnida, sog‘liqni saqlash, pedagogika, biznes va boshqaruv, san’at, ijtimoiy ta’minot, xizmat ko‘rsatish, jurnalistika va ijtimoiy axborot ta’lim yo‘nalishlari uchun to‘lov-kontrakt miqdori 4 685 400 (to‘rt million olti yuz sakson besh ming) so‘m etib belgilangan.
Tabiiy fanlar, transport, muhandislik ishi, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter texnologiyalari va informatika, gumanitar fanlar uchun 4 521 000 (to‘rt million besh yuz yigirma bir ming) so‘mni tashkil etadi.
Qishloq xo‘jaligi irrigatsiya va melioratsiyasi, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va qayta ishlash tarmoqlari, arxitektura va qurilish, hayotiy faoliyat xavfsizligi, qishloq xo‘jalik texnikasi, veterinariya, atrof-muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishlari uchun 4 356 600 (to‘rt million uch yuz ellik olti ming olti yuz) so‘m etib belgilangan.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari joriy etiladi
O‘zbekiston | 12:21
-
Toshkent shahar hokimligi yuridik boshqarmasi yuriskonsulti 70 ming dollar bilan ushlandi
Jamiyat | 12:11
-
Ukraina Yevropa Ittifoqidan yana 3,5 mlrd yevrolik yordam oldi
Jahon | 12:03
-
O‘qotar qurolni ixtiyoriy topshirganlarga mukofot puli to‘lanadi
O‘zbekiston | 11:38
Mavzuga oid

18:14 / 14.03.2025
O‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi

14:35 / 11.01.2025
O‘zbekistonda “Yashil” texnikumlar tashkil etiladi

01:10 / 28.12.2024
«Qarorlari majburiy kuchga ega emas» - Oliy ta’lim vazirligi nodavlat OTMlardan pul so‘ragan kengash haqida

20:42 / 21.12.2024