Meksika politsiyasi harbiylar bilan birgalikda Sinaloa narkokartelining taxminiy rahbari, narkobaron El Çaponing öğli Ovidio Gusman-Lopesni hibsga oldi. Şundan söng, narkokartel a’zolari Kuliakan şahrida tartibsizliklarni uyuştirişdi. 

Sinaloa gubernatori Ruben Roçaning aytişiça, erta tongdan tuşgaça davom etgan tartibsizliklar davomida 12 ta otişma sodir bölgan, natijada 7 nafar huquq-tartibot xodimi halok bölgan, yana 21 nafari yaralangan. 

Tinç aholi orasida 11 kişi yaralangan, ulardan 3 nafari halok bölgan. Bundan taşqari, şaharda 25 ta talon-taroj qiliş, şuningdek, 250 ta maşinaga öt qöyiş holatlari qayd etilgan, keyinçalik ular köçalarni tösib qöyiş uçun işlatilgan. 

Bundan taşqari, ma’lum qilinişiça, narkokartel azolari Ovidio Gusman-Lopesni olib ketişga xalaqit beriş uçun samolyotlarga öq uzgan. Keyinroq vaziyat barqarorlaşgan.  

Meksika rasmiylari giyohvand moddalar kartelining yetakçisi deb taxmin qilingan şaxs poytaxt Mexikoga olib borilganini tasdiqladi. Endi u Qöşma Ştatlarga ekstraditsiya qilinadi. 

2019 yilda Ovidio Gusman-Lopes xuddi şunday operatsiya davomida hibsga olingan edi, ammo keyin narkokartel a’zolari şaharda keng kölamli tartibsizliklar uyuştirişdi, bir qança harbiylarni garovga olişdi, şuningdek, narkobaronni hibsga olgan politsiyaçilar guruhini qurşab olişga muvaffaq bölişdi. Şundan söng, rasmiylar qon tökilişini töxtatiş uçun Ovidio Gusman-Lopesni qöyib yuborişgan edi. 

2022 yil dekabr oyida AQŞ rasmiylari Ovidio Gusman-Lopes va uning uç aka-ukasini hibsga olişga yordam beradigan ma’lumot uçun 5 million dollar mukofot taklif qildi. 

Xoakin Gusman (El Çapo) dunyodagi eng maşhur narkobarondir. U Meksikada ikki marta qamalgan va har ikkalasida ham qoçib ketgan. Oxirgi marta qamoqdan 2015 yilda yerosti tunnelidan foydalangan holda qoçgan. 

El Çapo qoçib ketganidan 6 oy ötib Meksikada yana hibsga olindi va 2017 yilda AQŞga ekstraditsiya qilindi. 2019 yil iyul oyida AQŞ federal sudi narkobaronni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.