Özbekiston taşqi işlar vaziri vazifasini bajaruvçi Baxtiyor Saidov 6 yanvar kuni Qirğiziston elçisi Musa Jamanboyev bilan uçraşdi.
Tomonlar Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Qirğizistonga bölajak davlat taşrifi nuqtai nazaridan qirğiz-özbek hamkorligining bugungi holati va istiqbolli yönalişlarini muhokama qildi. Davlat taşrifi arafasida belgilangan qöşma reja va loyihalarni amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi.
«Özbekiston prezidentining kutilayotgan davlat taşrifi avval erişilgan kelişuvlarni oliy darajada mustahkamlaşi hamda Qirğiziston-Özbekiston strategik şerikligini yanada rivojlantirişga xizmat qilişi ta’kidlandi», deyiladi Qirğiziston TIV xabarida.
Tomonlar diplomatik munosabatlar örnatilganining 30 yilligini nişonlaş böyiça qator muhim tadbirlarni ötkaziş masalalarini muhokama qildilar.
Avvalroq Şavkat Mirziyoyev 2022 yil dekabr oyida Qirğizistonga davlat taşrifi bilan borişi xabar qilingandi. Ikki davlat prezidentlari çegara böyiça hujjatlarni imzolaşi kutilgan edi. Biroq taşrif keyinga qoldirildi. Davlat taşrifi qaçon amalga oşişi hozirça ma’lum emas.

















